Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekistondagi ukrainlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekistondagi ukrainlar (ukraincha: Українці в Узбекистані) — Oʻzbekistondagi milliy hamjamiyatlardan biri boʻlib, bir necha tarixiy davrlar ichida shakllangan. 2010-yil holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi ukrainaliklar soni taxminan 86 ming kishini tashkil qiladi.

Miqdoriy va ijtimoiy tarkibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Etnik ukrainlarning ixcham yashash joylari: Toshkent shahri (38 313 kishi), Toshkent (13 005 kishi), Samarqand (8 949 kishi), Fargʻona (5 671 kishi) va Buxoro (2795 kishi) viloyatlari.

Oʻzbekistondagi ukrain hamjamiyatining tarkibi ancha xilma-xil boʻlib, siyosiy, jamoat arboblari, tadbirkorlar, olimlar, sanʼat arboblarini oʻz ichiga oladi. Ularning aksariyati pensiya yoshidagilardir.

Xorijiy ukrainlarning jamoat tashkilotlari va ularning maqomi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasida 6 ta Ukraina madaniyat markazlari rasmiy roʻyxatga olingan:

  1. 2001-yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan „Slavutich“ respublika ukrain madaniyat markazi. U Oʻzbekiston Respublikasining barcha ukrain madaniyat markazlarini birlashtiradi va faoliyatini muvofiqlashtiradi.
  1. „Slavutich“ Respublika ukrain madaniyat markazi Toshkent viloyati boʻlimi. 2002-yilda tashkil etilgan.

3. Yangiyoʻl shahar „Nadezhda“ Ukraina madaniyat markazi. 1999-yilda tashkil etilgan.

4. „Slavutich“ Respublika ukrain madaniyat markazi Olmaliq shahar filiali. 2003-yilda tashkil etilgan.

5. „Slavutich“ Respublika ukrain madaniyat markazi Nukus shahar filiali. 2005-yilda tashkil etilgan.

6. „Slavutich“ Respublika ukrain madaniyat markazi „Mechta“ Navoiy viloyati filiali. 2005-yilda tashkil etilgan.

Taniqli shaxslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Oksana Nechitaylo (1984) — asli ukrainalik oʻzbek qoʻshiqchisi, „Soʻgʻdiyona“ nomi bilan mashhur;
  • Boris Beder (1908-1989) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan geolog, Toshkent mineral suvining kashfiyotchisi;
  • Konstantin Bondarev (1972) — ukrainalik siyosatchi. Ukraina xalq deputati. „Batkivshchina“ partiyasining aʼzosi;
  • Aleksey Golubenko (1923-2001) — Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, Sovet Ittifoqi Qahramoni;
  • Viktor Karpenko (1977) — oʻzbekistonlik futbolchi;
  • Valentin Kovalenko (1975) — oʻzbekistonlik futbol hakami;
  • Vladimir Kozak (1993) — oʻzbekistonlik futbolchi, Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi aʼzosi.
  • Yegor Krimets (1992) — oʻzbekistonlik futbolchi, Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi aʼzosi.

„Народы Узбекистана: Украинцы“. Mg.uz. Qaraldi: 2021-yil 15-noyabr. „Украинцы в Узбекистане“. Uzbekistan.mfa.gov.ua. Qaraldi: 2021-yil 15-noyabr.